"Barsa" Alvares transferini oxiriga etkazishiga ishonmoqda. Hujumchi "Atletiko" mashgʻulotlarini boykot qilishni boshlashi mumkin
Klubda hisoblashlaricha, bosim oʻtkazish va kutish boʻyicha tanlangan taktika "Atletiko" hujumchini sotishdan bosh tortganiga qaramay, yaqin orada natija beradi. "Barsa" rahbariyati fubolchining oʻzi tomonidan koʻrsatiladigan bosim hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin deb hisoblaydi. Manbaga koʻra, Alvares 10 avgust kuni jamoaning birinchi mashgʻulotiga kelmaslik imkoniyatini jiddiy ravishda koʻrib chiqmoqda. Argentinalikning "Barselona"ga oʻtish istagidan tashqari, 100 million evrolik taklifning vaqti cheklangani ham klub tomonidan bosim vositasi sifatida ishlatilmoqda. "Barselona"da vaqt oʻtishi bilan "Atletiko" baribir yon berishiga ishonchi komil. Madrid klubi hamon qat'iy pozitsiyani egallab turibdi va oʻyinchini sotishdan bosh tortmoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0