Azar: «Kurtua — dunyoning eng yaxshi darvozaboni»
Tahririyat
•
•
3
Belgiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Eden Azar hamyurti Tibo Kurtuani hozirgi kundagi eng yaxshi darvozabon deb atadi.
«U — dunyodagi eng yaxshi darvozabon. Buni u ko‘p bor isbotlagan. Tiboda ajoyib reflekslar va yuksak mahorat bor. Uning bo‘yi baland, ammo shunga qaramay, oyoq bilan ham juda yaxshi o‘ynaydi», — dedi Azar.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati chorak finalida Belgiya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0