Azar: «Chelsi» Xabi Alonsoga vaqt berishi kerak»
Tahririyat
•
•
7
Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi «Chelsi» rahbariyatiga hozirda jamoani boshqarayotgan «Real»ning sobiq ustozi Xabi Alonso borasida maslahat berdi.
«Real»da unga oson bo‘lmadi, chunki unda yetarlicha vaqt yo‘q edi. Ammo u Angliya chempionatini juda yaxshi biladi. Menimcha, u Koul Palmerga tayanishi mumkin, chunki u shaxsan menga juda yoqadi», — deya belgiyalik sobiq futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it sayti.
Eslatib o‘tamiz, Eden Azarning futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi transferi 2019-yilda aynan Londonning «Chelsi» klubidan «Real»ga o‘tishi bo‘lgan edi.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0