Azar: «Belgiya jahon chempioni bo‘lishi mumkin»
Belgiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, o‘z vaqtida Ispaniya chempionatida ham to‘p surgan Eden Azar Jahon chempionatining bo‘lajak chorak final o‘yinini izohladi. Ushbu bosqichda belgiyaliklar aynan ispaniyaliklarga qarshi maydonga tushishadi. Azar o‘z vatandoshlari Ispaniyani mag‘lub etishga va umuman olganda, Jahon chempionatida g‘olib chiqishga qodir ekanligiga ishonadi.
«Men o‘yinchilarimizga ishonaman. Menimcha, Belgiya finalga chiqa oladi. Bu oson bo‘lmaydi, lekin men jamoaga ishonaman. Agar uddalay olishmasa, unda Ispaniyaga pul tikaman», — deya Azarning so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it sayti.
Eslatib o‘tamiz, bugun chorak finalning birinchi uchrashuvida Fransiya va Marokash terma jamoalari to‘qnash kelishadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0