"Atletiko" prezidenti: "Alvares klubda qoladi, meni bu gapni qaytarishga majbur qilmang"
Bundan avvalroq Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta hech kimning nogʻorasiga oʻynamasligini va Xulian Alvares boʻyicha berilgan taklif muddatsiz emasligini ta'kidlagan edi.
— Eshiting, Joan Laporta — mening yaqin doʻstim, u ajoyib prezident. U ham xuddi siz kabi Xulian Alvares keyingi mavsumda qaerda oʻynashini juda yaxshi biladi.
— Alvares muxlislarning kechirishiga muhtojmi?
— Menimcha, bu hayotda hammamiz ham xato qilamiz. Siz meni hozir asabiylashishga majbur qilyapsiz. Va ha, bu hayotda ba'zi siz oʻzingiz koʻrgan narsalardan tashqari hech qanday muammo yoʻq, hamma narsani kechirish mumkin.
— “Atletiko” xorij klublariga nisbatan ham “Real” va “Barselona”ga boʻlganidek qat'iy pozitsiyada turadimi?
— Yana bir bor takrorlayman: Alvares — “Atletiko” futbolchisi va u shu erda qoladi. Meni bu gapni qayta-qayta gapirishga majbur qilmang, aks holda savol-javob shu erda tugaydi".
Manba: championat.asia
Izohlar 0