Fidbol.net

«Arsenal» Vinisius uchun jamoadagi maoshlar tuzilmasini buzishga tayyor

Tahririyat 4
«Arsenal» Vinisius uchun jamoadagi maoshlar tuzilmasini buzishga tayyor

«Arsenal» rahbariyati Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorning vakillariga transfer amalga oshgan taqdirda, futbolchini o‘z loyihalarining bosh yulduziga aylantirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manba xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» tomonidan shartnomani uzaytirish uchun 20 million yevro taklif qilingan Vinisius uchun «kanonirlar» jamoadagi odatiy maoshlar cheklovini buzishga tayyor. Shuningdek, «Arsenal» hujumchining shartnoma imzolash bonusi va imij huquqlaridan foydalanish bo‘yicha talablarini qondira oladi. Ta’kidlanishicha, futbolchi va «Real» o‘rtasidagi asosiy kelishmovchiliklar aynan shartnomani uzaytirish uchun beriladigan bonuslar miqdori bilan bog‘liq.

«Arsenal» egalari ushbu bitimning taxminiy summalarini ma’qullagan, biroq «raqamlar xavotir uyg‘otmoqda». London klubi kutilayotgan xarajatlarni tijoriy foyda hisobidan qoplashni rejalashtirmoqda.

Vinisiusning Ispaniya grandi bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring