«Arsenal» bosh murabbiyi o'yin tayyorgarligi haqida ma'lumot berdi
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa muxlislariga yaxshi yangiliklar taqdim etdi. 5 may kuni «to'pchilar» Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi javob uchrashuvini o'tkazishadi.
Kay Xavers va Martin Edegor jarohatlaridan sog'ayib, o'yinga tayyor holatga keldilar. Avvalroq ushbu futbolchilar jamoaning so'nggi mashg'ulotlarini o'tkazib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
«Bu juda yaxshi, chunki bizda tanlov imkoniyati bo'lishi kerak. Bizga o'yinni turli uslublarda — ilk daqiqalardan yoki uchrashuv davomida o'zgartirgan holda o'tkazish qobiliyati zarur. Ularning ikkisi ham safga qaytgani haqiqatan ham juda ajoyib xabar», — dedi Arteta o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Izohlar 0