Fidbol.net

Argentina bosh murabbiyi Skaloni hakamlar yordami haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

Tahririyat 2
Argentina bosh murabbiyi Skaloni hakamlar yordami haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jahon chempionatida hakamlarning uning jamoasiga yon bosayotgani haqidagi fikrlarga izoh berdi.

Hakamlarning argentinaliklarga nisbatan yumshoq munosabatda bo‘layotgani haqidagi gap-so‘zlar «albiseleste»ning g‘alabasi bilan yakunlangan avvalgi mundialdan beri davom etib kelmoqda.

«Bizga hakamlik qilishda yon bosilyaptimi? Biz ijtimoiy tarmoqlarni umuman o‘qimasligimiz kerak. Bugungi kunda istalgan odam tarmoqda nimanidir e’lon qilishi va yo‘q narsadan muammo yasashi mumkin», – deya ta’kidladi Skaloni matbuot anjumanida.

JCH-2026 1/16 finalida Argentina terma jamoasi Kabo-Verde vakillariga qarshi bahs olib boradi – uchrashuv 4 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 03:00 da bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring