Fidbol.net

AQShda mehmonxona xodimi terma jamoa haqidagi ma'lumotni oshkor qilgani uchun ishdan boʻshatildi

Tahririyat 2
AQShda mehmonxona xodimi terma jamoa haqidagi ma'lumotni oshkor qilgani uchun ishdan boʻshatildi

Jahon chempionati-2026 davomida Xorvatiya terma jamoasi joylashgan "AKA" mehmonxonasining oziq-ovqat boʻyicha menejeri maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilgani uchun ishdan boʻshatildi. Bu haqda "Sportske Novosti" xabar bermoqda.

"AKA" mehmonxonasi FIFA va Xorvatiya futbol federatsiyasi bilan oʻz xodimlariga har qanday maxfiy ma'lumotni oshkor qilishni taqiqlovchi shartnomaga ega. Menejer anonim intervyusida federatsiya ushbu mehmonxonada yashash uchun Xorvatiya sharobining ikki turini talab qilganini aytgan. Oʻzicha anonim boʻlishiga qaramay, erkak tezda fosh etilgan va ishdan boʻshatilgan.

Turnirning guruh bosqichida Xorvatiya terma jamoasi Angliya (17 iyun), Panama (24 iyun) va Gana (28 iyun) bilan uchrashadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring