Fidbol.net

Azizbek Amonov: "Birinchi boʻlimda gol urib olganimizda oʻyin tubdan oʻzgarib ketgan boʻlardi"

Tahririyat 3
Azizbek Amonov: "Birinchi boʻlimda gol urib olganimizda oʻyin tubdan oʻzgarib ketgan boʻlardi"

- Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvimizga 10 kun vaqt qoldi. Hozirgi kunda kiyinish xonasidagi atmosfera qanday?

- Atmosfera ajoyib. Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik koʻryapmiz. Ruhan ham jismonan tayyormiz.

- Kanadaga qarshi oʻyin haqida gapirib oʻtsangiz. Murabbiylar oʻyindan soʻng nimalar dedi? Oʻyin kunidagi sovuq ob-havo qanchalik ta'sir qildi?

- Oʻyindagi xato kamchiliklarni koʻrib chiqdik. Agar imkoniyatlarimizdan toʻgʻri foydalanganimizda boshqacha hisob qayd etilgan boʻlardi. Birinchi boʻlimda gol urib olganimizda oʻyin tubdan oʻzgarib ketgan boʻlardi. Endi keyingi uchrashuvlardagi realizatsiyani yaxshilab olamiz.

- MTJning uzoq davom etgan va Toshkentda boshlangan yigʻini ham oʻzining soʻnggi bosqichiga yaqinlashib qoldi. Allaqachon AQShga etib kelgansizlar. JChga oz vaqt qolgan pallada raqiblarni ham oʻrganishni boshladingizlarmi? Kolumbiya yaqinda Kosta-Rikani magʻlub etdi. Ushbu uchrashuvni tahlil qildingizlarmi?

- Birinchi oʻrinda Niderlandiya terma jamoasini oʻrganib chiqdik. Ertangi raqibimizdan soʻng Kolumbiyani tahlil qila boshlaymiz.

- Guruhimizda keyingi bosqichga chiqish ehtimoli eng kam boʻlgan jamoa hisoblanyapmiz. Koʻpchilik Oʻzbekistonni jiddiy raqib sifatida hisoblamayotgani, ya'ni guruhdagi boshqa jamoalarga qaraganda bosimning deyarli yoʻqligi sizlarga qanchalik ma'qul kelmoqda?

- Biz maydonda maksimal harakat qilamiz. Futbol "syurpriz"larga boy. Xalqimizni xursand qilishga maksimal harakat qilamiz. Vazifani uddalaymiz deb oʻylayman.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring