Iroq termasi hujumchisi AQShda 7 soat soʻroq qilindi
AQShning Illinoys shtatidagi Chikago shahrida joylashgan O'Xara aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari Iroq milliy jamoasi hujumchisi Ayman Husseynni Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga etib kelganidan soʻng etti soat davomida ushlab turib, soʻroq qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Iroq delegatsiyasi futbolchini ozod qilish uchun bir necha bor murojaat qilgan, ammo bu urinishlar natija bermagan. Ayman Husseyn faqat etti soatlik soʻroqdan keyin qoʻyib yuborilgan.
Xabar qilinishicha, voqeaga terrorchilik faoliyatida gumonlanayotgan boshqa bir Iroq fuqarosi bilan yuz bergan adashish sabab boʻlgan.
2026 yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida boʻlib oʻtadi. Iroq termasi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni Norvegiyaga qarshi oʻtkazadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0