Endrikning goli Braziliyaga Misr ustidan gʻalaba keltirdi
Oʻyin AQShning Klivlend shahridagi "Klivlend Brauns" stadionida oʻtkazildi va "pentakampeonlar"ning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gʻoliblar tarkibida yarim himoyachi Bruno Gimarayns va hujumchi Endrik gol urishga muvaffaq boʻlishdi. Mehmonlarning yagona javob toʻpini "faraonlar" xavbeki Mostafa Ziko kiritdi.
Braziliya va Misr milliy terma jamoalari AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishadi. Musobaqa 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha boʻlib oʻtadi. Braziliya terma jamoasi "S" guruhidan joy olgan boʻlib, unda Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Misr esa "G" guruhida Belgiya, Eron va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0