Oʻrtoqlik uchrashuvi. Birinchi turdagi raqibimiz Osiyo jamosini magʻlub etdi
Uchrashuv AQShning San-Diego shahridagi "Snapdregon" stadionida boʻlib oʻtdi. Unda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida ishonchli gʻalabani bayram qilishdi.
Oʻyinning 41-daqiqasida Kolumbiya terma jamoasi vingeri Jon Aryas hisobni ochdi. Unga hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges golli uzatma etkazib berdi. Ikkinchi boʻlimda oʻyinga zaxiradan qoʻshilgan lateral Santyago Ariasning pasidan soʻng, oʻsha Jon Aryas dublni rasmiylashtirib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni oʻrnatdi.
2026 yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasi "K" guruhida Portugaliya, DR Kongo va Oʻzbekiston jamoalari bilan kuch sinashadi. Iordaniya esa "J" guruhida Avstriya, Jazoir va Argentina bilan toʻqnash keladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0