Fidbol.net

AQSHda JCH-2026 vaqtida taqiqlangan hududga kirgan 1600 ga yaqin dron aniqlandi

Tahririyat 4
AQSHda JCH-2026 vaqtida taqiqlangan hududga kirgan 1600 ga yaqin dron aniqlandi

AQSH huquq-tartibot idoralari Jahon chempionati davomida parvoz qilish taqiqlangan havo hududida 1 600 ga yaqin dronni aniqladi va ulardan 700 tasini musodara qildi. Bu haqda Federal qidiruv byurosi (FQB) rahbari Kesh Patel ma’lum qildi.

“Turnir oxiriga kelib yopiq havo hududida 1 600 ga yaqin uchuvchisiz apparat aniqlandi va ularning 700 dan ortig‘i olib qo‘yildi”, deb yozadi Patel o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

FQB rahbarining ta’kidlashicha, musobaqaning 39 kuni davomida o‘tkazilgan jami 104 ta uchrashuvga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurgan.

“FQB tarixdagi eng yirik sport tadbiri xavfsizligini ta’minlash maqsadida federal, mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan tunu kun ishladi. Huquq-tartibot idoralari o‘zaro razvedka ma’lumotlari bilan almashib, o‘yin o‘tkaziladigan joylarni himoya qildi va muxlislar xavf ostida qolishidan oldin tahdidlarni bartaraf etdi”, deya qo‘shimcha qiladi byuro rahbari.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 finalida Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi. Tarixda ilk bor 48 ta milliy jamoa ishtirok etgan mazkur Jahon chempionatiga uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qildi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring