Fidbol.net

APL. «MYU»da yangi Fernandesh paydo bo'lishi mumkin

Tahririyat 14
APL. «MYU»da yangi Fernandesh paydo bo'lishi mumkin

«Vest Xem»ning 21 yoshli markaziy yarim himoyachisi Mateush Fernandesh «Manchester Yunayted»ning e'tiborini jalb qilmoqda.

Agar London klubi APLdan tushib ketsa, portugaliyalik futbolchining jamoani tark etishi kutilmoqda. Biroq, «Vest Xem» rahbariyati futbolchini saqlab qolish niyatida.

The Telegraph nashrining ma'lum qilishicha, mankunianliklar joriy mavsum davomida yarim himoyachining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Ayniqsa, so'nggi haftalarda Fernandeshning o'yinini o'rganish jarayoni yanada faollashgan.

Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda yarim himoyachi APLning 33 ta o'yinida maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2025 yilda 44 million yevro evaziga «Sautgempton»dan «Vest Xem»ga ko'chib o'tgan edi.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring