Fidbol.net

APL. David Rayya ketma-ket uchinchi bor tengsiz bo'ldi

Tahririyat 17
APL. David Rayya ketma-ket uchinchi bor tengsiz bo'ldi

David Rayya APLda mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb e'tirof etildi.

«Arsenal» posboni Angliya chempionatining joriy mavsumida 17 ta o'yinni gol o'tkazmasdan (quruq) yakunladi. Uning eng yaqin raqibi — Janluiji Donnarumma hisobida 13 ta «quruq» o'yin mavjud.

«Shaharliklar» (Manchester Siti) joriy mavsumda yana to'rtta o'yin o'tkazishi kutilmoqda. Agar Donnarumma ularning barchasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolsa va Rayya «Arsenal»ning qolgan uchta o'yinida kamida bittadan gol o'tkazib yuborsa, u holda ispaniyalik va italiyalik darvozabonlar sovrinni o'zaro bo'lishib olishadi.

Rayya ketma-ket uchinchi mavsum APL «Oltin qo'lqopi»ga ega chiqmoqda — avvalroq bunday natijaga faqat Xose Reyna, Jo Xart va Ederson erisha olgan edi.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring