Fidbol.net

APL. «Arsenal» va «Manchester Siti»ning qolgan o'yinlari taqvimi

Tahririyat 14
APL. «Arsenal» va «Manchester Siti»ning qolgan o'yinlari taqvimi

«Manchester Siti» «Arsenal» bilan bo'lgan farqni faqat bitta ochkoga qisqartira oldi.

Pep Gvardiola shogirdlari APLning 35-turida «Everton» bilan 3:3 hisobida durang o'ynashdi. «Shaharliklar» o'zlarining o'tkazilgan 34 ta o'yindan so'ng 71 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 2-o'rinda turishmoqda.

Peshqadam «Arsenal» esa «Siti»ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq londonliklar bitta ko'p o'yin o'tkazishgan.

«Arsenal»ning oldida «Vest Xem» (safarda), «Byornli» (o'z uyida) va «Kristal Pelas» (safarda) bilan o'yinlar qolgan. «Siti»ni esa «Brentford» (o'z uyida), «Kristal Pelas» (o'z uyida), «Bornmut» (safarda) va «Aston Villa» (o'z uyida) bilan bahslar kutmoqda.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring