Angliya U-16 terma jamoasi a'zolari oʻrtasidagi mushtalashuv videosi tarqaldi: janjalga oddiy "Nokia" telefoni sabab boʻlgan
Tahririyat
•
•
4
"Daily Mail Sport" nashrining xabar berishicha, ikki nafar yosh futbolchi oʻrtasidagi keskin nizoga oddiy sabab – futbolchilardan birining "Nokia" rusumli tugmachali telefoni tufayli jamoadoshlari tomonidan masxara qilinishi turtki boʻlgan.
Internetda tarqalgan kadrlarda ikki futbolchining xonada shafqatsizlarcha mushtalashayotgani, boshqa jamoadoshlari esa jarayonni toʻxtatish oʻrniga, holatni telefonga tasvirga olib, ularni janjalga undayotgani va "eshikni yopinglar" deb baqirishayotgani aks etgan.

Manba: championat.asia
Izohlar 0