Fidbol.net

Alvares o‘zini aldangandek his qilmoqda: unga "Barselona" va’da qilingan edi, ammo "Arsenal" bilan muzokara olib borildi

Tahririyat 3
Alvares o‘zini aldangandek his qilmoqda: unga "Barselona" va’da qilingan edi, ammo "Arsenal" bilan muzokara olib borildi

Jurnalist Jota Jordi ijtimoiy tarmoqlarda "Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvaresning hikoyasini so‘zlab berdi. Fevral oyida argentinalik futbolchiga "Barselona"ga o‘tish va’da qilingan edi va Alvares o‘zini juda professional tutdi. Vaziyat talab qilganida ham u ukollar bilan o‘ynadi.

"Barselona" o‘rniga "Atletiko" "Arsenal" va PSJ bilan muzokara olib bordi. "Matraschilar" hatto "to‘pchilar" bilan kelishuvga erishdilar, Alvaresni 50 million yevroga, Viktor Dyokereshni esa aksincha transfer qilinishi rejalashtirilgan.

"Xulian o‘zini aldangandek his qilmoqda, chunki unga "Barselona" va’da qilingan edi, lekin buning o‘rniga boshqa klublar bilan muzokara olib bordi", deb yozdi Jordi.

Jurnalist Alvaresning tarafini oldi va "Atletiko" futbolchiga kuchli bosim o‘tkazayotganini ta’kidladi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring