Alvares "Atletiko"dan ketmoqchi: "Bu hamma uchun yaxshiroq boʻladi – men bu haqda klubdagilar bilan allaqachon gaplashib olganman"
Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares JCh-2026 doirasidagi Avstriyaga qarshi oʻyindan (2:0) soʻng bergan intervyusida "Atletiko"dan ketish istagi borligini bildirdi.
– Kelajagingiz Jahon chempionatidan keyin hal boʻladimi? – Rostini aytsam, bilmayman. Ammo hozir bu haqda gapiradigan vaqt emas. Shu bilan birga, men yashirinmoqchi yoki javobdan qochmoqchi emasman. Men halol odam boʻlishga harakat qilaman va klubdagilar bilan, ya'ni buni muhokama qilishim kerak boʻlgan insonlar bilan allaqachon ochiqchasiga gaplashib oldim.
– Ketishingizga ishonasizmi?
– Nima boʻlishini bilmayman. Ammo menga shunday tuyulyaptiki, hamma uchun eng yaxshi variant – transfer. Men oʻz orzuimni amalga oshirmoqchiman, – dedi Alvares.
Manba: championat.asia
Izohlar 0