"Filadelfiya" stadionida odamlardan boshpanaga ketish va oʻyinga kelmaslik soʻraldi
Odamlardan arenani tark etish va yaqin atrofdagi boshpanaga yoʻl olish soʻraldi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanishi kerak edi.
BBC ma'lumotlariga koʻra, avvalroq muxlislarga "mintaqadagi noqulay ob-havo" tufayli stadionga kelmaslik haqida xabar berilgan. Mintaqada kuchli yomgʻir, momoqaldiroq va chaqmoq chaqishi prognoz qilingan edi.
"Linkoln Finanshial Fild" bayonotida: "Mintaqadagi noqulay ob-havo tufayli stadionga kirish eshiklarining ochilishi kechiktiriladi. Agar siz mintaqa tashqarisida boʻlsangiz, iltimos, hozirgi vaqtda "Filadelfiya" stadioniga kelmang. Darvozalarning yangi ochilish vaqti ob-havo yaxshilangandan keyin e'lon qilinadi. Agar siz "Filadelfiya" stadioni yaqinida boʻlsangiz, iltimos, xavfsiz joyda pana joy toping", – deyilgan.
JCh-2026 doirasida stadion atrofidagi taxminan 13 kilometr radiusda chaqmoq chaqqani aniqlansa, oʻyin 30 daqiqaga toʻxtatilishi va muxlislar xavfsiz joylarga kuzatib qoʻyilishi haqidagi qoidalar amal qiladi.
Oʻyin boshlanishiga uch soat qolganda kuchli yomgʻir yogʻgan, hozircha oʻyinning boshlanishini koʻchirish haqida rasmiy ma'lumot kelib tushmagan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0