Fidbol.net

JCh. Argentina Messining dubli evaziga Avstriyani magʻlub etdi

Tahririyat 5
JCh. Argentina Messining dubli evaziga Avstriyani magʻlub etdi

JCh, J guruhi, 2-tur

Argentina — Avstriya 2:0

Gollar: 38, 90+5 - Lionel Messi

Argentina: 23. Emiliano Martines, 26. Nauel Molina, 13. Kristian Romero (19. Nikolas Otamendi, 57’), 6. Lisandro Martines, 25. Fakundo Medina (3. Nikolas Talyafiko, 82’), 7. Rodrigo De Paul (5. Leandro Paredes, 82’), 20. Aleksis Mak Allister, 24. Entso Fernandes, 16. Tyago Almada (9. Xulian Alvares, 64’), 10. Lionel Messi, 22. Lautaro Martines (15. Nikolas Gonsales, 65’).

Zaxira: 1. Xuan Musso, 12. Xeronimo Ruli, 2. Markos Senesi, 4. Gonsalo Montel, 8. Valentin Barko, 11. Jovani Lo Chelso, 14. Eksekiel Palasios, 18. Nikolas Pas, 17. Juliano Simeone, 21. Xose Lopes.

Avstriya: 1. Aleksandr Shlager, 20. Konrad Laymer, 8. David Alaba (23. Marko Fridl, 67’), 5. Stefan Posh (22. Aleksander Prass, 68’), 3. Kevin Danso, 6. Nikolas Zayvald, 4. Ksaver Shlager, 18. Romano Shmid (21. Patrik Vimmer, 79’), 9. Marsel Zabittser, 24. Paul Vanner (7. Marko Arnautovich, 68’), 11. Mixael Gregorich (17. Karni Chukvuemeka, 85’).

Zaxira: 12. Florian Vigele, 13. Patrik Pents, 2. David Affengruber, 15. Filipp Linxart, 16. Filipp Mvene, 25. Mixael Svoboda, 10. Florian Grillich, 19. Deyan Lyubichich, 26. Alessandro Shyopf, 14. Sasha Kalayjich.

Ogohlantirishlar: 41 - Stefan Posh, 76 - Fakundo Medina, 76 - Konrad Laymer, 90+2 - Leandro Paredes

90+8. Oʻyin yakunlandi!

90+8. Messining jarima zarbasidan yoʻllagan zarbasi noaniq ketdi.

90+6. Oʻyin taqdiri hal!

gettyimages-2282803267-2048x2048.jpg

90+5. GOL! Messidan dubl! Leoning oʻzi qarshi hujumga qochib ketdi, Alvares oʻziga uzatilgan toʻpni golga aylantirolmadi, Messi esa ikki marta zarba berib, gol urdi!

90+3. Vimmerning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qoʻshib berildi.

86. Nikolas hamda Entsoning zarbasi darvozagacha bormadi…

80. Soʻnggi dekada boshlandi, buyogʻiga oʻyin harorati yanada ortadi.

73. Gonsalesning boshi bilan yoʻllagan kuchli zarbasi aniq boʻlmadi.

69. Futbolchilar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun tanaffus e'lon qilindi.

67. Gregorichning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

65. Messining erlatib bergan zarbasini Shlager qaytardi, ammo bosh hakam bu vaziyatda Avstriya posboni tegmagan deb topdi.

61. Entsoning zarbasi yoʻliga Danso toʻgʻanoq boʻldi.

55. Zabitserning jarima zarbasidan yoʻllagan kuchli zarbasini Martines qaytardi!

50. Messi birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq zarba bera olmadi. Qoʻshimchasiga bu holatda offsayd ham boʻlgan ekan.

46. Avstriyaliklar boʻlimni faol boshlashdi, ilk hujumda yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

🕛 46. Ikkinchi boʻlim boshlandi!

🕘 45+7. Dastlabki boʻlim yakunlandi.

45. Birinchi boʻlimga 7 daqiqa qoʻshib berildi.

39. Hisob ochildi uchrashuvda, buyogʻiga Avstriya ham hujumlarni koʻpaytirishi aniq.

📊 JChlar tarixida yangi rekord: Lionel Messi - mundiallar tarixida eng koʻp gol urgan futbolchi! 17 ta gol bilan u Miroslav Klozening 16 ta gollik rekordini yangiladi!

gettyimages-2282261676-2048x2048.jpg

⚽️ 38. GOL! Messi mundiallardagi oʻzining 17-golini urdi! Ajoyib kombinatsiya kunida Leo toʻpni darvozaga kiritdi!

36. Argentina qarshi hujumga qochib ketdi, toʻp Entsoga kelib tushdi, biroq uning uzatmasidan soʻng yakuniy zarbasini beradigan futbolchi topilmadi.

32. Yana Messi! Bu safargi zarbasi Alabaga tegib qaytdi.

31. Messi dribling ishlatib jarima maydonchasiga kirmoqchi boʻldi, biroq avstriyalik himoyachilar toʻpni olib qoʻyishdi.

24. Futbolchilar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun tanaffus e'lon qilindi.

19. Messi juda qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq Shlager ajoyib seyv koʻrsatib, jamoasi joniga oro kirdi.

15. Avstriya endi oldinga oʻtishni boshladi, hujumlar keskinlashmoqda.

10. Uchrashuvda hisob ochilmadi, oʻyin buyogʻiga yanada “qizishi” aniq.

gettyimages-2282788728-2048x2048.jpg

9. Messi… uning penaltidan yoʻllagan zarbasi noaniq boʻldi…

7. Avstriya darvozasi tomon penalti belgilandi! Toʻp oldida Messi!

6. Stop, holat VAR orqali koʻrib chiqilmoqda. 

5. Martines raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bosh hakam oʻyin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.

2. Dastlabki daqiqalarni argentinaliklar faol boshlashdi. Almadaning zarbasi aniq boʻlmadi.

🕛 1. Oʻyin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni JCh-2026 J guruhi 2-turidan oʻrin olgan Argentina — Avstriya uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring