Alonso nima uchun «Chelsi»ni tanlaganini tushuntirdi
Tahririyat
•
•
4
«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso nima sababdan London klubini boshqarishga qaror qilgani haqida fikr bildirdi.
«Jamoa va tarkibning salohiyati meni juda ruhlantirdi. Men shunday futbolchilar bilan ishlashni, o‘z futbol g‘oyalarimni amalga oshirishni, stadionga yanada katta ishtiyoq olib kelishni hamda muxlislar bilan mustahkam aloqa o‘rnatishni intizorlik bilan kutgandim. Biz qilayotgan ishlar muxlislarga haqiqatan ham yoqishini istayman», — deya Alonsoning so‘zlaridan keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso 1 iyul kuni rasman «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0