Allegri va Ibragimovich o‘rtasidagi kelishmovchilik kuchaymoqda
Massimiliano Allegrining «Milan»ni tark etish ehtimoli ortib bormoqda. Tajribali mutaxassis ish boshlaganidan bir yil o‘tib klubdan ketishi mumkin. Jamoani tark etish yaqinligini tasdiqlovchi bilvosita omillardan biri sifatida Allegrining Zlatan Ibragimovich bilan janjallashib qolgani haqidagi ma’lumotlar keltirilmoqda.
Janjal sabablari esa qiziq: rasman u «Napoli»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng kelasi mavsum uchun uchinchi darvozabonni tanlash masalasi tufayli kelib chiqqan. Biroq hammasi ham oddiy emas — «Corriere Della Sera» nashrining aniqlik kiritishicha, asl sabab Ibragimovichning Antonio Kassano bilan do‘stligida yotibdi. Ma’lumki, Kassano tinimsiz ravishda Allegrini va uning o‘yin uslubini tanqid qilib keladi.
Aftidan, «Milan» ustozining bunga shu darajada toqati toq bo‘lganki, u o‘z g‘azabini Kassanoning yaqin do‘stidan olishni boshlagan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0