Alkantara Braziliya 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqishi mumkin deb hisoblaydi
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Tiago Alkantara Karlo Anchelottining Braziliya milliy terma jamoasidagi roliga baho berdi.
— U jamoa yetakchilari kimligini aniq biladi. Ularni maydonga joylashtiradi, keyin esa shunchaki boshqa futbolchilarni ularning o‘yiniga qo‘shadi. Unda taktik g‘oyalar bor: qanday himoyalanish, qanday hujum qilish — lekin u o‘yinchilarga o‘zlaridek bo‘lish erkinligini beradi. Bu eng asosiysi, shuning uchun ham «Real» uning qo‘l ostida shunchalik ajoyib edi. U yerda Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Modrich, Kroos, Kazemiro bor edi — ular qanday futbolchi ekanliklarini va qanday o‘ynashni xohlashlarini allaqachon bilishardi. Sendan faqat ularni kerakli pozisiyaga qo‘yish, o‘yin hozir qanday rivojlanayotganini tushunish va ularga o‘ynash imkonini berish talab etiladi, xolos. Murabbiy shuning uchun ham juda zo‘r.
— Braziliyada ushbu jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun imkoniyatlar bormi?
— Mening fikrimcha, ha. Bu jamoaning qiyin daqiqalarga qanday moslashishi va ularda qanday futbolchilar borligiga bog‘liq. Bundan tashqari, ularda gol uradigan yarim himoyachilar bor. Bu juda jiddiy xavfdir.
Men himoyadagi o‘yin haqida ko‘p gapirdim, chunki biz, braziliyaliklar, o‘yin vaziyatlarida juda hissiyotlimiz. Ba’zan faqat oldinga o‘tish haqida o‘ylaymiz va ortimizda nima qolayotganini unutib qo‘yamiz. Mana nima uchun bu turnirda Braziliya uchun himoyadagi o‘yin juda muhim. Agar ular buni uddalay olishsa, hammasi joyida bo‘ladi, — deb ta’kidladi Alkantara.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0