"Al Hilol" "Barselona"ga Darvin Nunesni taklif qildi
Tahririyat
•
•
1
Saudiya klubi endi urugvaylikka umid qilmayapti - unga yangi jamoa qidirmoqda.
Hujumchining xizmatlari himoyachi Joau Kanselu boʻyicha muzokaralar chogʻida "Barselona"ga taklif qilingan edi. Kataloniya klubi "Liverpul"ning sobiq futbolchisini oʻz safiga qoʻshib olishdan manfaatdormi yoki yoʻq, hozircha noma'lum.
Nunes Karim Benzema kelganidan keyin "Al Hilol"dagi oʻrnini yoʻqotdi. Darvinning hozirgi bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 25 million evroga baholanmoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0