"Al Hilol" 80 mln. evro evaziga niderlandiyalik vinger sotib olyapti
Tahririyat
•
•
3
The Athletic xabariga koʻra, vingerning yangi klubi "Al Hilol" boʻladi. "Vest Xem" bonus hisobiga taxminan 80 million evro oladi, niderlandiyalik futbolchi esa uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Shu tariqa, Ar-Riyod klubi "bolgʻalilar"ga 47 million evro va bonuslar taklif qilgan "Roma"ni Sammervill uchun kurashda ortda qoldirdi.
24 yoshli futbolchi oʻtgan mavsum APLda 31 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0