Agirre: «Tribunalarimiz — o‘n ikkinchi o‘yinchimiz»
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Agirre jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Ekvadorga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 1 iyul kuni «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«O‘z maydonimizdagi tribunalar — bu bizning o‘n ikkinchi o‘yinchimiz. Bizni boshqa joylarda qo‘llab-quvvatlashmaydi demoqchi emasman, lekin ortimizda butun mamlakat turganini bilamiz va bu bizga juda katta motivasiya beradi. Barchamiz bo‘lajak o‘yinni intizorlik bilan kutyapmiz, deyish mumkin», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirda jamoada yaxshi muhit hukmron:
«Jamoa ichida ham quvonchli kayfiyat hukm surmoqda. Bu hatto mashg‘ulotlarda ham sezilib turibdi. Shu bilan birga, ular tartib-intizomli va jiddiy mehnat qilishmoqda. Men milliy terma jamoada birinchi marta ishlayotganim yo‘q, lekin hozir juda yaxshi holatdamiz».
Meksika guruh bosqichini hech qanday yo‘qotishlarsiz o‘tkazib, 9 ochko jamg‘ardi. Ekvador esa Germaniya va Kot-d’Ivuarni o‘zidan oldinga o‘tkazib yuborib, o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egalladi.
Meksika — Ekvador uchrashuvi g‘olibi 1/8 finalda Angliya — Demokratik Respublika Kongo juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0