Fidbol.net

Zayniddin Tojiev: "Gʻalaba qozongan boʻlsak-da, oʻyinimizda kamchiliklar borligi koʻzga tashlandi"

Tahririyat 4
Zayniddin Tojiev: "Gʻalaba qozongan boʻlsak-da, oʻyinimizda kamchiliklar borligi koʻzga tashlandi"

– Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz.

– Bugungi oʻyinga toʻxtaladigan boʻlsak, har bir jamoa jiddiy raqib sanaladi. Chunki bu yil Proliga saviyasi ancha oshgan. Shuning uchun ham har bir uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik koʻrib kelyapmiz.

Birinchi boʻlimga keladigan boʻlsak, koʻp vaziyatlarda qandaydir yoʻl azobimi yoki charchoqmi, xullas, futbolchilarda nimanidir etishmayotgani sezilib turdi. Ikkinchi boʻlimda esa gollar kiritdik. Yigitlarning yuz foizlik harakatlari evaziga oʻyindan qoniqish hosil qildik. Shunga qaramay, ular yosh futbolchilar boʻlgani uchun doim ham barqaror oʻyin namoyish eta olishmaydi. Shuning evaziga, 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsak-da, oʻyinimizda qandaydir kamchiliklar borligi koʻzga tashlandi.

– Behruz Jamoliddinov bugun ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi va gol muallifiga aylandi. Uning oʻyini haqida qanday fikrdasiz?

– Behruzga toʻxtaladigan boʻlsak, boʻy-basti boʻyicha u markaziy himoyachilarimiz orasida birinchi raqamli hisoblanadi. Biroq unga oʻyin amaliyoti etishmayotgan edi. Bugun murabbiylar shtabi bilan maslahatlashgan holda unga imkoniyat berdik. Koʻz tegmasin, yomon harakat qilmadi va gol urishga muvaffaq boʻldi. Xudo xohlasa, agar shu zaylda davom etsa, asosiy tarkib futbolchisiga aylanishiga shubha yoʻq. Biz uni doimo qoʻllab-quvvatlaymiz.

– Stadion maydoni holati haqida nima deya olasiz?

– Maydon holati juda yaxshi. Biroq oʻyindan oldin maydon biroz sugʻorilganda edi, chim holati bundan ham a'lo darajada boʻlar edi. Lekin, umuman olganda, Proliga saviyasi uchun maydon holati juda yaxshi darajada.

– Jamoangizdagi legioner futbolchilar ishonchni oqlayaptimi?

– Legionerlarga kelsak, birinchi davraning oxirida – masalan, Korshunov "Shoʻrtan"ga qarshi kechgan juda qiyin oʻyinda jamoamizni qutqarib qolgan edi. Ivan Podtinniyga toʻxtaladigan boʻlsak, boshida uni maydonga tushirdik, biroq keyinchalik sport formasini biroz yoʻqotgani sababli uni zaxiraga oʻtkazishga qaror qildik. Jamoamizda raqobat kuchli. Hozirgi vaqtda kimning tayyorgarligi yaxshi boʻlsa, maydonga oʻsha tushadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring