"Yaypan" bosh murabbiyi Rashid Gʻofurov: "Futbolchilarimizning oʻyindan oldin oyoqlari qaltirayotgandi. Bunday maydonda istalgan jamoa qiynaladi"
- Oʻyin haqida
- Raqibni gʻalaba bilan tabriklayman. Hamma koʻrdi bugungi oʻyinni. Bizning yigitlar oʻyindan oldin oyoqlari qaltirayotgan edi. Oldindan ruhiyat boʻlmasa, qiyin. Bunday maydonda futbol oʻynashga istalgan jamoa qiynaladi. "Aral" va "Jayxun" bu maydonga oʻrganishgan, bu bahona emas. Bizda jarohatlar, diskvalifikatsiyalar bor. Ba'zi oʻyinchilarimiz yoshlar termasiga chaqirilgan. Toʻliq tarkib bilan ham bu maydonda natija qilishimiz qiyin edi.
- Oʻzbekiston kubogida jamoaning maqsadi qanday?
- Bizda kubokni yutish niyatimiz yoʻq, ammo turnirda munosib ishtirok etmoqchimiz. Paxtakor markaziy stadionida oʻynaymiz, boshqa kuchli raqiblar bor. Yigitlarimizni reklama qilish niyatimiz bor. Bugundek oʻyin koʻrsatsak, futbolchilarimizga hech kim qaramaydi.
- Darvozabonni almashtirilishiga munosabatingiz?
- Darvozabonda 100% xato demayman. Darvozabonimiz oʻzini ruhiy tomondan yoʻqotib qoʻydi. Kelgan toʻp kirib ketaverdi. Shu sababli, boshqa vaziyatlarda ham qiynaldi. Shu sababli boshqa posbonimizga ham imkoniyat berdik.
- "Yaypan Fargʻona" jamoasi "Turon"ni oʻrnini bosa oladimi?
- Agar "Turon"dek vazifa klub oldiga qoʻyilsa, boʻladi. Hozir esa bizda asosan yoshlar. Hozir futbolchilarga oʻyin amaliyoti berish asosiy vazifa. Bir ikki yilda balki boʻlib qolar.
Bosimga kelsak, kombinatsion oʻyinga harakat qilayotgandik. Birinchi goldan keyin barchasi oʻzgarib ketdi. Yosh futbolchilar oʻzlarini yoʻqotib qoʻyishdi. Bu maydon toʻpni nazorat qiladigan emasdi. Men bunday koʻrsatma bermagandim. Yirik hisobda yutqazayotganda ham ortda toʻpni ushlashga harakat qilishdi. Chunki bizning jamoa shunga oʻrgangan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0