Fidbol.net

Manba: Husanovni APLning boshqa top-jamoasi kuzatmoqda va qishda tarkibiga qoʻshib olmoqchi

Tahririyat • • 4
Manba: Husanovni APLning boshqa top-jamoasi kuzatmoqda va qishda tarkibiga qoʻshib olmoqchi

"CaughtOffside" ma'lumotiga koʻra, London klubi 22 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasida tarkibiga qoʻshib olish variantni koʻrib chiqmoqda.

"Chelsi" APLning dastlabki 5 turida oʻz darvozasidan 12 ta gol oʻtkazib yuborgan. Shu sababli londonliklar himoya chizigʻini kuchaytirish variantlarini hozirdanoq oʻrganmoqda va agarda Husanov “Siti”da zaxira varianti sifatida koʻrilsa, uni tarkibiga qoʻshib olmoqchi.

Husanov "Manchester Siti" tarkibida hozirga qadar 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Oʻzbekistonlik himoyachining bozordagi taxminiy qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring