Xolmirzabek Boymirzaev: "TerDU" mavsumni yaxshi tugatishga harakat qiladi"
- Oʻyin haqida fikringiz?
- Avvalo "Jayxun"ni gʻalaba bilan tabriklayman. Bugun yaxshi oʻyin boʻldi, faqat bizga omad etishmadi.
- Bugun jamoangiz ikkinchi boʻlimda yaxshiroq harakat qildi. Bunga nima sabab boʻldi deb oʻylaysiz?
- Zaxiradan yangi kuchlarni tushirdik va ular oʻyinga qoʻshishdi. Zaxiradan tushganlar bahsga tez kirishib keta olishdi. Umuman olganda jamoamiz yomon oʻynamadi. Bilasiz, sun'iy maydonda toʻp tepish qiyin, shunga qaramay oʻzimizni koʻrsatishga harakat qildik.
- "TerDU"da moliyaviy muammolar borligidan hamma xabar topib boʻldi. Jamoa ushbu mavsumni oxirigacha etkazib qoʻya oladimi? Safar oʻyinlariga pul topiladimi?
- Chindan ham moliyaviy ahvolimiz ogʻir. Universitet pul bermayapti. Safar oʻyinlarida oʻzimizning akamiz Jasur aka yordam beryapti. Nasib qilsa mavsumni yaxshi natija bilan tugatamiz.
Manba: championat.asia
Izohlar 0