Fidbol.net

Vadim Shodimatov: "FarDU" bilan bahs tomoshabop kechdi"

Tahririyat 16
Vadim Shodimatov: "FarDU" bilan bahs tomoshabop kechdi"

“Umid qilamanki, koʻpchilik oʻyindan zavq oldi. Biz bahsga jiddiy hozirlik koʻrgandik. Sababi “FarDU” stabil natijalarga erishib kelmoqda. Ular bilan mehmonda toʻqnash kelish qiziq boʻlishini bilardik. Oʻylaymanki, muxlislar yorqin oʻyin guvohiga aylanishdi, uchrashuv tomoshabop kechdi. “FarDU” muxlislar ishonchini oqlab, soʻnggi daqiqalarda gol urdi va durangga erishdi. Afsuski, gʻalabani saqlab qola olmadik”, – dedi murabbiy.

- Arislan Yusupbaev nega zaxirada qolib ketmoqda?

- Arislan Yusupbaev operatsiya qilingan. Bir yil oldin unda disk churrasi bor edi. U uzoq vaqt davomida tiklandi. Sekin-asta oʻziga kelib bormoqda. Bugun uni maydonga tushirdik va tezkorligidan foydalanishga harakat qildik. Uning oʻyini qaerdadir oʻxshadi, qaerdadir oʻxshamadi.

- "Aral"ning bu yilgi maqsadi qanaqa?

- Maqsadimiz — Superligaga chiqish. Buning uchun navbatdagi oʻyinlarda faqat gʻalaba qozonishimiz kerak. "FarDU"ga ham ijobiy natijalarni tilayman. Jamoa yaxshi shakllangan. Murabbiylar buning ustida ishlagani yaqqol koʻrinib turibdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring