Fidbol.net

Sergey Lebedev: "Aral" jiddiy xavf tugʻdirmadi"

Tahririyat 18
Sergey Lebedev: "Aral" jiddiy xavf tugʻdirmadi"

“Oʻyinda xarakter va iroda kuchini koʻrsatgani uchun “FarDU” futbolchilariga rahmat aytmoqchiman. “Aral” maydonda etakchi sifatida harakat qildi, ammo u qadar jiddiy xavf tugʻdirmadi. Xatolarimiz tufayli raqib foydasiga penalti yuzaga keldi. Bu — futbol. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorlik bildiraman. Bizni qoʻllab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham rahmat”, – dedi tajribali mutaxassis.

- Maxarram Abelfazovning oʻyiniga qanday baho berasiz?

- Bugun hamma yaxshi oʻynadi. Kimnidir ajratib koʻrsatmoqchi emasman. Gʻalaba yoʻlida hamma astoydil mehnat qildi. Vaziyatlardan unumli foydalana olganimizda hammasi boshqacha boʻlardi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring