Fidbol.net

Aybek Nurbaev: "Zaxiradan tushgan futbolchilardan xafa boʻldim"

Tahririyat 18
Aybek Nurbaev: "Zaxiradan tushgan futbolchilardan xafa boʻldim"

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Avvalambor bugungi gʻalaba bilan barcha "Jayxun" muxlislarini tabriklayman. Oʻyinga toʻxtaladigan boʻlsak, bahs qiyin kechishini bilardik va shunga yarasha hozirlik koʻrgandik. Bosim "TerDU"ga qaraganda bizda koʻproq boʻldi va bu oʻyinni qiyinlashtirdi. Raqibning yoʻqotadigan narsasi yoʻq edi, shu bois erkin harakat qildi. Uchrashuv qoʻl ostimizda oʻtdi, maydondagi ustunlikni hisobda ham aks ettira oldik. Birinchi taymda hisobni ochdik. Ikkinchi boʻlimda ham gol urishga harakat qildik. Zaxiradan tushgan futbolchilardan xafa boʻldim, chunki oʻyinni kuchaytira olishmadi.

- Raqibdan asosan qaysi jihatlar boʻyicha jamoangiz ustun koʻrindi?
- Oʻyin uslubi va jismoniy tayyorgarlik hamda ruhiyat tomonlama biz ustun edik. "TerDU" jamoasida ham yaxshi futbolchilar koʻp, biroq bilishimcha, ularda ichki muammolar bor, bu esa yaxshi oʻynashga xalaqit beryapti.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring