Fidbol.net

Xavyer Tebas FIFA va UYEFAni keskin tanqid qildi

Tahririyat 1
Xavyer Tebas FIFA va UYEFAni keskin tanqid qildi

La Liga prezidenti Xavyer Tebas milliy chempionatlar manfaatlari FIFA va UYEFA siyosati bilan to‘qnash kelayotganini ta’kidladi.

"Menimcha, asosiy muammo boshqaruv bilan bog‘liq. Endi jahon chempionati kechroq yakunlanadi. Bu qaror biz bilan maslahatlashmasdan qabul qilindi. Natijada biz bir haftani yo‘qotdik va bu yangi mavsum startida muammo keltirib chiqardi.

Chempionlar ligasi ham ikki-uch turga uzaydi. Bu yerda bir musobaqa boshqasini siqib chiqaryapti.

Futbolni faqat 20 ta klub manfaatini ko‘zlab boshqarib bo‘lmaydi. Hozir tizim shunday qurilganki, yuqoridagi futbolchilarda oltita emas, yettita Ferrari bo‘ladi, pastdagilar esa ishsiz qoladi.

Bizda juda jiddiy muammo bor. Agar shu yo‘sinda davom etsak, bizni sekin o‘lim kutmoqda", — dedi Tebas.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring