Xaris Xaydarevich – "Dinamo" futbolchisi
Tahririyat
•
•
7
Yozgi transfer oynasida "Dinamo" Bosniya va Gertsegovina mamlakatidan taklif etilgan Xaris Xaydarevich bilan shartnoma imzoladi. 27 yoshli yarim himoyachi bilan klub oʻrtasida 2027 yilning yakuniga qadar moʻljallangan 1,5 yillik kelishuv imzolandi. Bosniyalik legioner "Dinamo" safiga erkin agent sifatida qoʻshildi.
Xaydarevich soʻnggi uch yil davomida Serbiyaning "Radnik" klubi sharafini himoya qilib, 107ta oʻyinda 12ta golga mualliflik qilgan va 1 iyul kuni jamoa bilan rasman xayrlashgandi. U shuningdek, bungacha Bosniyaning "Jeleznichar", Turkiyaning "Boluspor" klublari sharafini ham himoya qilgan.


Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0