Xabib Nurmagomedov: «Dana Uayt mafiya haqidagi filmlardagidek fikrlash tarziga ega»
UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov promoushen prezidenti Dana Uayt haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uayt 2001 yildan beri tashkilotni boshqarib kelmoqda.
«Biznesda Dana juda sovuqqon. U odamlarga yoqadimi-yo‘qmi, e’tibor bermay, eng muhim qarorlarni qabul qilardi. Va bu qarorlar liga uchun, UFC uchun eng yaxshisi bo‘lib chiqardi.
Danada har doim mafiya haqidagi filmlardagidek fikrlash tarzi bor edi. Jumladan, "oila har doim birinchi o‘rinda turadi" degan qoidani eslang? Uning uchun ham UFC har doim birinchi o‘rinda edi. Va bu brendni rivojlantirishning yagona imkoniyati edi. Albatta, bu muvaffaqiyatga juda ko‘p odamlar hissa qo‘shishdi. Bryus Baffer, Djo Roganlarga ham haqli ravishda tahsinlar aytish kerak. Lekin tortning eng yuqorisidagi mevasi har doim Dana Uayt bo‘lgan», — dedi Xabib Leks Fridmanga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov MMAda 29 ta jang o‘tkazib, 29 ta g‘alabaga erishgan. U 2020 yilda UFC yengil vazn chempioni sifatida sportchilik faoliyatini yakunlagan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0