Fidbol.net

Vlaxovich «Beshiktosh» bilan uch yillik shartnomani kelishib oldi

Tahririyat 4
Vlaxovich «Beshiktosh» bilan uch yillik shartnomani kelishib oldi

«Yuventus» va «Fiorentina»ning sobiq hujumchisi Dushan Vlaxovich «Beshiktosh»ga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli Vlaxovich mavsumiga 8 million yevro maosh oladi, bonuslar bilan birga uning daromadi 10 millionga yetishi mumkin. Bundan tashqari, futbolchi va uning agenti yirik imzo bonusi olishi mumkin.

Vlaxovich 30 iyunda «Yuventus» bilan shartnomasi tugagach, erkin agentga aylangan edi. Avvalroq hujumchiga «Milan», «Napoli» va «Roma», shuningdek «Atletiko», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirgan edi. Ammo bu klublarning hech biri serbiyalik futbolchining moliyaviy talablarini qondirishga tayyor bo‘lmadi.

«Beshiktash» prezidenti Serdal Adali bitimni yakunlash uchun Belgradga jo‘nab ketdi. Uning chorshanba, 12 avgust kuni Istanbulga qaytishi kutilmoqda.

Ushbu transfer Vlaxovichning murabbiy Vinchenso Italyano bilan qayta topishishiga olib keladi. Mutaxassis ilgari «Fiorentina»da hujumchi bilan birga ishlagan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring