"Ularda nega ochko kamligini bilaman, lekin aytmayman". Tebas — "Real"ning hakamlar sha'niga aytgan tanqidlari haqida
"Ularning oʻzlarini jabrdiyda qilib koʻrsatishlari nooʻrin. Ular nafaqat oʻzlari ishtirokidagi voqealardan, balki boshqalar bilan sodir boʻlayotgan voqealardan ham norozilik bildirishmoqda. Ular nohaq. Ularda hamma narsada boshqalar aybdor, oʻzlari esa hech qachon aybdor emas. Men "Real"da nega ochko kamligini bilaman, lekin aytmayman… "Real" bunday hasratli gaplarsiz ham chempionatda gʻolib chiqishi mumkin", — dedi Tebasning soʻzlarini AS nashri.
La Liganing oltita oʻyinidan soʻng "Real" 15 ochko jamgʻarib, ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Ispaniya chempionatida xuddi shuncha ochkoga ega boʻlgan va zaxirasida bitta oʻyini bor "Barselona" peshqadamlik qilmoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0