Tuxel JCh-2026 finaliga chiqmaguncha Angliya madhiyasini kuylamasligini aytdi
Tahririyat
•
•
5
Uning soʻzlariga koʻra, u buni faqat jamoa finalga chiqqan taqdirdagina amalga oshiradi.
"Hozircha yoʻq, nazarimda, biz hali bu darajaga etmadik. Balki, eng soʻngida boʻlishi mumkin. Men hali biroz uyalaman. Hech kimni xafa qilishni istamayman va hozirda bunga alohida e'tibor qaratilishini xohlamasdim", — deb Tuxelning soʻzlarini keltiradi The Telegraph.
Germaniyalik mutaxassis Angliya terma jamoasini 2025 yilda boshqargan. 2026 yilgi Jahon chempionatida inglizlar Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari bilan birga L guruhida ishtirok etmoqda. Tomas Tuxel shogirdlari turnirdagi dastlabki uchrashuvini 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi oʻtkazadi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0