Misr terma jamoasidan Jahon chempionati oldidan liboslar dizaynini oʻzgartirish talab qilindi
Misr milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati starti oldidan oʻyin liboslari dizayniga oʻzgartirish kiritishga majbur boʻldi. Afrikalik insayder Mayki Juniorning xabar berishicha, FIFA Misr tomonidan emblema ustidagi yulduzlarni olib tashlashni va libosdagi ranglar uygʻunligini toʻgʻirlashni talab qilgan.
Milliy assotsiatsiya logotipi tepasidagi ettita yulduz Misr terma jamoasining Afrika Millatlar Kubogidagi zafarlarini anglatadi. Biroq, FIFA reglamentiga koʻra, Jahon chempionati uchrashuvlarida faqatgina dunyo birinchiligida gʻolib chiqqan jamoalargagina emblema ustiga yulduz qoʻyishga ruxsat beriladi. Qit'a chempionligi uchun yulduz taqish mundial qoidalariga zid hisoblanadi. Shuningdek, xalqaro tashkilot liboslardagi futbolchilarning familiyasi va raqamlari oltin rangda yozilganiga ham e'tiroz bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, Misr terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichining «G» kvartetida Belgiya, Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan kurash olib boradi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0