"Meni taniysizmi?" Messi "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Gudonsenning oʻgʻlini tanimadi, keyin esa uni bagʻriga bosib, samimiy suhbatlashdi
Lionel Skaloni shogirdlari oʻrtoqlik uchrashuvida Islandiyani yirik hisobda magʻlub etdi (3:0). 38 yoshli "Inter Mayami" hujumchisi ikkinchi boʻlimda maydonga tushib, penaltidan gol urdi.
Uchrashuvdan soʻng islandiyaliklar hujumchisi Daniel Gudonsen Messi oldiga kelib, uning otasi Eydur oʻtmishda Leo bilan "Barselona"da birga oʻynaganini tushuntirdi.
Messi va kichik Gudonsen qoʻl berib koʻrishdi, bagʻriga bosishdi va samimiy suhbatlashishdi.
Oʻyindan keyin Messi jurnalistlarga uni darhol tanimaganini aytdi: "U mendan: "Meni taniysizmi?" deb soʻradi. Men hayron qoldim. Rostdan ham eslay olmadim, oʻsha paytda u juda kichik bola edi".
Eydur Gudonsen 2006–2009 yillarda "Barselona" safida Messi bilan birga toʻp surgan. 2008/09 mavsumida u kataloniyaliklar bilan Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Chempionlar ligasini yutib, treblga erishgan.
VIDEO
Manba: championat.asia
Izohlar 0