Sobiq hakam Fernandes Messining Mandi boldiriga tepgani haqida: "Argentina oʻn kishi boʻlib qolishi kerak edi"
Oʻyinning 31-daqiqasida, hisob Argentina foydasiga 1:0 boʻlib turgan vaziyatda, Messi ortdan kelib, shiplari bilan jazoirlik himoyachi Aissa Mandining boldiriga zarba berdi va raqibini yiqitdi. Uchrashuv bosh hakami Shimon Marchinyak argentinalik futbolchiga hatto sariq kartochka ham koʻrsatmadi, VAR esa aralashmadi. Yakunda "Inter Mayami" futbolchisi ushbu oʻyinda xet-trik qayd etdi.
"Bu vaziyatni qanchalik koʻp kuzatsam, bu qizil kartochka ekaniga shunchalik amin boʻlyapman. Avvalroq Lionelning oyogʻini olib qochishga joyi yoʻq edi deb aytgandim, lekin oʻz soʻzlarimni qaytarib olaman. U oyogʻini qanday choʻzganini koʻryapman. Menimcha, Argentina terma jamoasi oʻn kishi boʻlib qolishi kerak edi. Marchinyak qoniqarsiz ishladi. Marchinyakning dunyoning eng yaxshi hakami deb hisoblanishi unga oʻz qoidalari boʻyicha hukm chiqarish huquqini bermaydi. U toʻrtta yaqqol sariq kartochkani va Lionel Messiga koʻrsatilishi kerak boʻlgan qizil kartochkani koʻrsatmadi. Goʻyoki u kartochkalarini kiyinish xonasida unutib qoldirgandek", – dedi Fernandes Radio Marca radiosining Marcador dasturida.
Manba: championat.asia
Izohlar 0