«Tigres» darvozaboniga o‘z xatti-harakatlari qimmatga tushdi
Meksikaning «Tigres» klubi darvozaboni Nauel Gusman jamoasining «Vankuver Uaytkeps»ga qarshi o‘tgan uchrashuvda antiqahramon bo‘ldi.
Gusman maydondan chetlatildi va uzoq vaqt davomida hakamga o‘z nuqtai nazarini tushuntirishga urindi. Ammo hakam uning gaplariga quloq solmadi — shunda chorasiz qolgan 40 yoshli darvozabon jahl ustida hakamni itarib yubordi. Maydonni tark etayotganida u yana bir nojo‘ya xatti-harakat qildi — axlat qutisini ushlab, uni bor kuchi bilan tribunalar tomon otib yubordi. Endi uni uzoq muddatga diskvalifikasiya qilishlari mumkin.
Yaxshi tomoni shundaki, «yo‘lbarslar» baribir penaltilar seriyasida kanadaliklarni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0