Fidbol.net

Teylor tanqidlardan charchagandi

Tahririyat 5
Teylor tanqidlardan charchagandi

Angliyalik sobiq hakam Entoni Teylor 20 yillik faoliyatidan so‘ng Angliyadagi o‘yinlarda hakamlik qilishni nega to‘xtatishga qaror qilgani haqida gapirdi.

47 yoshli Teylor Angliya futbolida 668 ta uchrashuvda hakamlik qilgan va 163 ta xalqaro o‘yinni boshqargan. Uning so‘nggi uchrashuvi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 finalidagi Ispaniya — Portugaliya (1:0) bahsi bo‘ldi.

Teylorning so‘zlariga ko‘ra, muxlislar, murabbiylar, ommaviy axborot vositalari va futbolning boshqa ishtirokchilari tomonidan doimiy bosim, tanqid va e’tibor vaqt o‘tishi bilan hakamlarning motivasiyasi va o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ta’sir qila boshlagan.

«Xato qilishdan qo‘rqish, atrofdagilarning fikri, tomoshabinlar, murabbiylar, ommaviy axborot vositalari, hamkasblar — bularning barchasi insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin», — dedi Teylor BBC Sport nashriga.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring