Fidbol.net

Superliga. "Xorazm" – "Soʻgʻdiyona" uchrashuvida hisob ochilmadi

Tahririyat 2
Superliga. "Xorazm" – "Soʻgʻdiyona" uchrashuvida hisob ochilmadi

Superliga

21-tur

“Xorazm” – “Soʻgʻdiyona” 0:0

Bosh hakam: Jasur Muxtorov

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Zokir Qodirov

Zaxira hakami: Sardor Salohiddinov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Vladimir Nazarov

“Xorazm”: 77.Umidjon Ergashev, 8.Nodir Abduxoliqov (5.Abbos Otaxonov, 71), 15.Diyor Ortiqboev, 17.Danil Nugumanov (7.Temur Ismailov, 80), 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 71.Umid Sultonov (13.Elzio Lohan, 46), 90.Ulugʻbek Hoshimov, 94.Rustam Abduhamidov (9.Sardorbek Azimov, 71), 96.Rafael Sabino.

Zaxira: 1.Mashhur Muhammadjonov, 6.Nurjahon Muzaffarov, 11.Danila Ejov, 12.Maksim Shiryaev, 88.Abror Xoʻsinov.

“Soʻgʻdiyona”: 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Joʻraboev (10.Javohir Qahramonov, 56), 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov, 6.Behruzbek Asqarov (5.Ametxan Adjisaliev, 74), 7.Petar Michin (32.Nodirjon Soyibov, 56), 8.Jamshid Boltaboev, 9.Zenan Zaymovich (50.Shohruz Kamolov, 56), 13.Filip Ivanovich, 19.Zabihillo Oʻrinboev (28.Samandarjon Mavlonqulov, 56), 22.Abdulazizxon Abdurashidov.

Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 15.Xondamir Mustafoqulov, 18.Igor Golban, 77.Oybek Nurmatov.

Ogohlantirishlar: Zoir Joʻraboev (11), Abdulazizxon Abdurashidov (59), Danil Nugumanov (78)

🏁 Uchrashuv yakunlandi. “Xorazm” va “Soʻgʻdiyona” oʻrtasidagi bahsda hisob ochilmadi — 0:0.

🔥 90+5-daqiqa. Xavfli vaziyat! Temur Ismailov jarima maydonida bosh bilan zarba berdi, toʻp toʻsinga tegib qaytdi.

🔥 90+1-daqiqa. “Xorazm” burchak toʻpini amalga oshirdi. Sunnatulloh Hamidjonov bosh bilan zarba berdi, ammo toʻp biroz noaniq ketdi.

⏱️ 90-daqiqa. Ikkinchi boʻlimning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qoʻshib berildi.

🔥 88-daqiqa. Xavfli vaziyat! Elzio Lohanning zarbasidan soʻng toʻp darvoza ustuni yonidan oʻtib ketdi.

86-daqiqa. Ulugʻbek Hoshimov jarima maydonidan zarba berdi, ammo zarba kuchsiz chiqdi. Milan Mitrovich toʻpni ishonchli egalladi.

🔄 80-daqiqa. “Xorazm” tarkibida oʻzgarish: Danil Nugumanov oʻrniga Temur Ismailov maydonga tushdi.

79-daqiqa. Filip Ivanovich jarima zarbasini amalga oshirdi. Toʻp jonli devorga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

🟨 78-daqiqa. Danil Nugumanov raqibini yiqitgani uchun sariq kartochka oldi.

76-daqiqa. Diyor Ortiqboev jarima zarbasini amalga oshirdi. Toʻp jonli devorga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

🔄 74-daqiqa. “Soʻgʻdiyona” tarkibida oʻzgarish: Behruzbek Asqarov oʻrniga Ametxan Adjisaliev maydonga tushdi.

🔄 71-daqiqa. “Xorazm” tarkibida ikki oʻzgarish: Rustam Abduhamidov oʻrniga Sardorbek Azimov, Nodir Abduxoliqov oʻrniga Abbos Otaxonov maydonga tushdi.

🟨 59-daqiqa. Abdulazizxon Abdurashidov Azizbek Pirmuhammadovga nisbatan qoʻpol oʻynagani uchun sariq kartochka oldi.

🔄 56-daqiqa. “Soʻgʻdiyona” tarkibida bir yoʻla toʻrtta oʻzgarish amalga oshirildi: Zenan Zaymovich oʻrniga Shohruz Kamolov, Petar Michin oʻrniga Nodirjon Soyibov, Zoir Joʻraboev oʻrniga Javohir Qahramonov, Zabihillo Oʻrinboev oʻrniga Samandarjon Mavlonqulov maydonga tushdi.

53-daqiqa. “Xorazm”ning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi.

🔄 46-daqiqa. Ikkinchi boʻlim boshlandi. “Xorazm” tarkibida oʻzgarish: Umid Sultonov oʻrniga Elzio Lohan maydonga tushdi.

⏸️ Birinchi boʻlim yakunlandi. Jamoalar tanaffusga golsiz durang bilan yoʻl olishdi — 0:0.

45+2-daqiqa. Umid Sultonov jarima zarbasini amalga oshirdi, Milan Mitrovich toʻpni ishonchli ushlab oldi.

⏱️ 45-daqiqa. Birinchi boʻlimning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qoʻshib berildi.

🔥 40-daqiqa. Xavfli vaziyat! Ulugʻbek Hoshimov jarima maydoni ichida oʻtkir burchak ostida chap oyoqda zarba berdi. Toʻp darvoza ustuni yonidan oʻtib ketdi.

🔥 36-daqiqa. Xavfli vaziyat! Rustam Abduhamidov oʻng qanotdan jarima maydoniga toʻp uzatdi. Umid Sultonov bosh bilan zarba berdi, toʻp darvoza ustuni yonidan oʻtib ketdi.

🧤 35-daqiqa. “Soʻgʻdiyona” hujumi Petar Michinning zarbasi bilan yakunlandi. Umidjon Ergashev toʻpni qaytarib, darvozasini goldan saqladi.

🧤 27-daqiqa. “Xorazm” futbolchisining chap qanotdan amalga oshirgan uzatmasi darvoza tomon yoʻnaldi. Milan Mitrovich toʻpni qaytardi.

20-daqiqa. “Xorazm” burchak toʻpini amalga oshirdi, ammo “Soʻgʻdiyona” himoyachilari toʻpni jarima maydonidan uzoqlashtirishdi.

16-daqiqa. “Soʻgʻdiyona” “Xorazm” jarima maydonida xavfli vaziyat yaratdi, ammo hujumni zarba bilan yakunlay olmadi.

🟨 11-daqiqa. Zoir Joʻraboev Sunnatulloh Hamidjonovga nisbatan qoʻpol oʻynagani uchun sariq kartochka oldi.

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi. “Xorazm” futbolchilari koʻk, “Soʻgʻdiyona” esa qora-oq liboslarda harakat qilmoqda.

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring