Fidbol.net

Jamshid Saidov: "Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi"

Tahririyat 2
Jamshid Saidov: "Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi"

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Oddiy boʻlmagan, shu bilan birga qiziqarli bahs guvohi boʻldik. Bir nechta vaziyat yaratib foydalana olmadik, bitta gol oʻyin taqdirini hal qildi va biz magʻlubiyatga uchradik. Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi. Kiritgan golimizni nima uchun hisoblashmadi, bilmayman. Oʻyin uchun yigitlardan xafa emasman. Muxlislarimizga ham rahmat, bizni oxirigacha qoʻllab turishdi. Endi keyingi bahsga hozirlik koʻramiz.

- "Nasaf" va "Buxoro"ga qarshi gʻalabadan soʻng bu oʻyinda nima etishmadi?
- Hamma narsa yaxshi boʻldi, faqat vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Har ikki boʻlimda futbolchilarimiz jarohat olishdi, bu ham oʻyinga ta'sir koʻrsatdi. Yigitlar gʻalaba uchun qoʻldan kelgancha harakat qilishdi.

- Aftidan "Qizilqum" avvalgi bahslarda koʻp kuch yoʻqotgan. Bugun shuning ta'siri bilingandek.
- Oʻyinlar orasi qisqa, balki bu ham tiklanishga xalaqit berayotgandir. Baribir oʻz ta'sirini koʻrsatyapti.

- Bugungi oʻyinda hakamlik borasida fikringiz? Hisobga olinmagan gol boʻyicha nima deya olasiz?
- Men hakamlarni muhokama qilishni yoqtirmayman. Ularda qoʻmita bor va oʻyin qanday boshqarilganini oʻrganib chiqishadi. Biz videotakrorni oʻzimiz uchun koʻramiz.

- Jamoangiz ikkita gʻalabani uyda qoʻlga kiritdi. Lekin safar bahslarida oʻzini koʻrsata olmayapti.
- Albatta, bu ham ta'sir qiladi. Bekorga uyda devorlar ham yordam beradi deyishmaydi. Lekin bugun bu erda yomon oʻyin koʻrsatmadik, oxirigacha kurashdik.

- Hisobga olinmagan gol qattiq ta'sir qildimi?
- Ta'sir qildi, lekin e'tibor bergan boʻlsangiz, boʻshashmadik. Hujum qilishdan toʻxtamadik. Ustunlik raqibga oʻtgandir, ammo biz ham qarab turmadik. Magʻlubiyat balki ruhiyat bilan bogʻliqdir.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring