Fidbol.net

Superliga. "Qoʻqon-1912" safarda "Bunyodkor"ni magʻlub etdi

Tahririyat 2
Superliga. "Qoʻqon-1912" safarda "Bunyodkor"ni magʻlub etdi

Superliga

18-tur

“Bunyodkor” – “Qoʻqon-1912” 0:1

Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 19:00

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Erdamchi hakamlar: Shohnur Yoʻldoshev, Sardor Umrzaqov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamraqulov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Akmal Gʻiyosov

Komissar: Ma'mur Sultonov

Gol: 0:1 – 3, Shota Gvazava (Silvanus Nimeli)

“Bunyodkor”: 16.Federiko Botti, 3.Sardor Rahmonov, 8.Dmitriy Pletnyov (56.Abdulqodir Mirfayziev, 87), 10.Amir Toʻraqulov, 11.Sardor Abdunabiev (31.Abdurahmon Sulaymonov, 81), 13.Muhammad Hakimov, 20.Abdulfayz Bobomurodov (39.Fahriddin Muhammadov, 46), 21.Nosirjon Abdusalomov, 27.Islom Anvarov, 45.Shamsiddin Tursunmahamadov (88.Mirkamol Annamatov, 87), 66.Azizbek Toʻlqunbekov.

Zaxira: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 47.Bunyod Bahodirov, 74.Ivan Bukrin, 81.Abdusamir Ilhomov, 97.Muhammadali Adhamov.

"Qoʻqon-1912": 13.Rahimjon Davronov, 4.Asliddin Toshtemirov (21.Gʻulomhaydar Gulyamov, 83), 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (69.Egor Kondratyuk, 83), 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoev (20.Iqboljon Malikjonov, 73), 11.Silvanus Nimeli, 14.Ibrohim Yoʻldoshev, 19.Shahzod Akramov (15.Zafar Hakimov, 89), 44.Andro Giorgadze, 99.Muhammadanas Hasanov (9.Javohir Husanov, 83)

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 22.Toma Tabatadze, 71.Elbekjon Yoʻlchiev, 90.Akbar Oʻktamov.

Ogohlantirishlar: Asliddin Toshtemirov (27), Dmitriy Pletnyov (58), Shota Gvazava (60)

🏁 90+4-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi! Toshkentda kechgan shiddatli bahsda "Qoʻqon-1912" jamoasi "Bunyodkor" ustidan 0:1 hisobida gʻalaba qozondi. Mehmonlarga muhim gʻalabani taqdim etgan yagona golga 3-daqiqada Shota Gvazava mualliflik qildi.

⏱ 90-daqiqa. Ikkinchi boʻlimning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam Doston Rahmonov uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qoʻshib berdi.

🔄 89-daqiqa. "Qoʻqon-1912" tarkibida navbatdagi oʻzgarish: Shahzod Akramov oʻrniga maydonga Zafar Hakimov tushdi.

🔄 87-daqiqa. "Bunyodkor" tarkibida ikkita oʻzgarish amalga oshirildi:

* Shamsiddin Tursunmahamadov oʻrniga Mirkamol Annamatov;

* Dmitriy Pletnyov oʻrniga Abdulqodir Mirfayziev maydonga tushdi.

🔄 83-daqiqa. "Qoʻqon-1912" tarkibida birdaniga uchta oʻzgarish amalga oshirildi:

* Javohir Sidiqov oʻrniga Egor Kondratyuk;

* Asliddin Toshtemirov oʻrniga Gʻulomhaydar Gulyamov;

* Muhammadanas Xasanov oʻrniga Javohir Husanov maydonga tushdi.

🔥 82-daqiqa. Xavfli vaziyat! Islom Anvarov uzoq masofadan chap oyoqda kuchli va aniq zarba yoʻlladi. "Qoʻqon-1912" darvozaboni Rahimjon Davronov ishonchli harakat qilib, toʻpni qaytarishga muvaffaq boʻldi.

🔄 81-daqiqa. "Bunyodkor" tarkibida navbatdagi oʻzgarish: Sardor Abdunabiev oʻrniga Abdurahmon Sulaymonov maydonga tushirildi.

🔄 73-daqiqa. "Qoʻqon-1912" tarkibida oʻzgarish yuz berdi: Shohruh Gadoev maydonni tark etdi, uning oʻrniga Iqboljon Malikjonov oʻyinga qoʻshildi.

🔥 71-daqiqa. Xavfli vaziyat! Fahriddin Muhammadov oʻng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, chap oyoqda kuchli zarba yoʻlladi. Biroq toʻp darvoza toʻsini ustidan biroz balandlab oʻtib ketdi.

68-daqiqa. Shohruh Gadoev qulay vaziyatga chiqib borib, oʻng oyoqda kuchli zarba yoʻlladi, biroq toʻp darvoza toʻriga yon tomondan tegdi.

64-daqiqa. "Bunyodkor" futbolchilari navbatdagi hujumni tashkil etdi. Amir Toʻraqulov uzoq masofadan darvozani nishonga olishga urinib koʻrdi, biroq uning zarbasi noaniq chiqdi.

🟨 60-daqiqa. Shota Gvazava raqibi Dmitriy Pletnyovga nisbatan sportga xos boʻlmagan xatti-harakat qilgani uchun bosh hakam Doston Rahmonov tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

🟨 58-daqiqa. Dmitriy Pletnyov Shahzod Akramovga nisbatan qoʻpollik ishlatib, raqibini toʻxtatib qoldi. Bosh hakam "Bunyodkor" yarim himoyachisini sariq kartochka bilan jazoladi.

🔥 55-daqiqa. Xavfli vaziyat! Azizbek Toʻlqunbekovning ajoyib uzatmasidan soʻng Nosirjon Abdusalomov jarima maydoni ichida raqibini chalgʻitib, chap oyoqda olis pastki burchakni nishonga oldi. Rahimjon Davronov mahorat koʻrsatib, toʻpni qaytarishga erishdi va xavfni burchakka chiqarib yubordi.

54-daqiqa. Javohir Sidiqov burchak zarbasidan toʻpni jarima maydoniga oshirdi. Havodagi kurashda ustun kelgan Ibrohim Yoʻldoshev bosh bilan zarba yoʻlladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi.

51-daqiqa. "Bunyodkor" futbolchilari hujumga oʻtdi. Dmitriy Pletnyov qulay vaziyatdan zarba yoʻlladi, biroq uning urinishiga aniqlik etishmadi.

⏱ 46-daqiqa. Ikkinchi boʻlim boshlandi.

🔄 "Bunyodkor" tarkibida tanaffusda oʻzgarish yuz berdi: Abdulfayz Bobomurodov oʻrniga maydonga Fahriddin Muhammadov tushdi.

⏸ 45+2-daqiqa. Birinchi boʻlim yakunlandi. Tomonlar tanaffusga "Qoʻqon-1912" jamoasining kichik ustunligi bilan yoʻl olmoqda – 0:1.

45-daqiqa. Abdulfayz Bobomurodov oʻng qanotdan markazga tomon siljib, chap oyoqda kuchli zarba yoʻlladi. Raqib himoyachisiga tekkan toʻp yoʻnalishini oʻzgartirib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

42-daqiqa. Muhammadanas Xasanov jarima zarbasidan toʻpni jarima maydoniga oshirdi, ammo "Bunyodkor" himoyachilari ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.

35-daqiqa. "Qoʻqon-1912" jamoasi tezkor qarshi hujumga oʻtdi. Silvanus Nimeli darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq oʻz vaqtida oldinga chiqqan posbon Federiko Botti xavfni sezib, toʻpni autga tepib yubordi.

32-daqiqa. Dmitriy Pletnyov jarima zarbasini amalga oshirib, toʻpni sheriklari tomon etkazib berdi. Ammo jarima maydoni ichida hech kim toʻpga tegina olmadi va u maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

🟨 27-daqiqa. Asliddin Toshtemirov raqib hujumini qoʻpollik bilan toʻxtatib, Nosirjon Abdusalomovga nisbatan qoidani buzdi. Uchrashuv bosh hakami qoʻqonliklar himoyachisiga sariq kartochka koʻrsatdi.

25-daqiqa. Muhammadanas Xasanov jarima zarbasidan toʻpni raqib darvozasi tomon oshirdi. Jarima maydoni ichida Andro Giorgadze bosh bilan zarba yoʻlladi, biroq toʻp darvoza toʻsini ustidan oʻtib ketdi.

22-daqiqa. Havo harorati yuqori boʻlgani bois, bosh hakam uchrashuvni vaqtincha toʻxtatdi. Futbolchilarga suv ichib, salqinlanib olish uchun qisqa tanaffus berildi.

14-daqiqa. Javohir Sidiqov burchak zarbasini amalga oshirib, toʻpni jarima maydoniga etkazib berdi. "Bunyodkor" himoyachilari yuzaga kelgan xavfli vaziyatda toʻpni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga uzoqlashtirdi.

9-daqiqa. Qoʻqonliklarning navbatdagi hujumi. Silvanus Nimeli uzoq masofadan kuchli zarba yoʻlladi, biroq himoyachi Sardor Rahmonov toʻp yoʻliga toʻgʻonoq boʻlib, xavfni bartaraf etdi.

⚽️ 3-daqiqa. GOL! Mehmonlar hisobni ochdi. Silvanus Nimelining uzatmasidan soʻng Shota Gvazava jarima maydoni chizigʻi ustidan toʻpni toʻxtatmasdan darvozaga aniq yoʻlladi – 0:1.

⏱ 1-daqiqa. "Bunyodkor" – "Qoʻqon-1912" jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvga start berildi. Bosh hakam Doston Rahmonov xushtagini chalib, oʻyinni boshlab berdi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring