Superliga. "Lokomotiv" mehmonda "Xorazm"ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
Superliga, 18-tur
Urganch. “Xorazm” sport majmuasi. 20:00
“Xorazm” – “Lokomotiv” 1:3
Gollar: 7 - Quvonchbek Abraev, 16 - Sunnatulloh Hamidjonov, 47 - Suhrob Nurulloev, 77 - Jasur Yaxshiboev
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Erdamchi hakamlar: Farhod Usmonov va Ruslan Samandarov
Zaxira hakami: Erlan Nurjanov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
VAR: Akobirxoʻja Shukurullaev
AVAR: Avaz Abdullaev
Komissar: Shohruh Said
"Xorazm": 77.Umidjon Ergashev, 9.Sardorbek Azimov (11.Danila Ejov, 80’), 13.Elzio Lohan (99.Odamboy Olimov, 85’), 15.Diyor Ortiqboev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 34.Suhrob Izzatov (6.Nurjahon Muzaffarov, 79’), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 71.Umidbek Sultonov (10.Rafael Tavaresh, 46’), 90.Ulugʻbek Hoshimov, 96.Rafael Sabino (8.Nodirbek Abduxaliqov, 57’).
Zaxira: 33.Nikola Stoshich, 3.Ravshanbek Sultanov, 12.Maksim Shiryaev, 88.Abror Xoʻsinov.
"Lokomotiv": 12.Nikita Shevchenko, 7.Quvonchbek Abraev (9.Suhrob Nurulloev, 46’), 10.Shodiyor Shodiboev (21.Ilya Yelichich, 90+1’), 14.Nikolay Ivanov (27.Ozodbek Oʻktamov, 90’), 18.Aleksandr Kucherenko, 22.Sunnatilla Poyonov, 26.Abdulloh Yoʻldoshev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 45.Yovan Nishich, 61.Nurlan Ibraimov (8.Bilol Tupliev, 70’), 70.Muhammadali Reimov (99.Jasur Yaxshiboev, 70’).
Zaxira: 16.Danil Baklanov, 17.Sardor Mirzaev, 30.Ja'far Bahodirov, 33.Oleg Zoteev.
Ogohlantirishlar: 19 - Shodiyor Shodiboev, 31 - Yovan Nishich, 61 - Nurlan Ibraimov, 87 - Nikolay Ivanov
90+3. Oʻyin yakunlandi.
90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qoʻshib berildi.
82. Bilol Tupliev bir necha futbolichini aldab oʻtib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo darvoza tomon zarba bera olmadi.
78. Xoʻsh, oʻyin taqdiri halmi yoki kambek boʻladimi?

77. GOL! Yaxshiboev ajoyib gol urdi! Jasur chamasi 21 metrlardan turib darvoza tomon aniq zarba berdi va bu golga aylandi!
72. Jasurbek Yaxshiboevning erlatib bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.
69. Nodirbek Abduxaliqovning jarima maydonchasi ichida yoʻllagan zarbasi juda noaniq boʻldi…
68. Nishichning xavfli zarbasini Ergashev qaytardi.
61. “Temiryoʻlchilar” faollikni oshirmoqda, jamoaning hujumlari xavfli tus olyapti tobora.
53. Mezbonlar bir qator hujumlar tashkil etishdi, biroq hozircha natija boʻlmayapti.
48. “Xorazm” endi yanada shiddatni oshirishi aniq.
47. GOL! Nurulloev hisobni oshirdi! Boʻlim boshida maydonga tushgan futbolchi gol urdi!
46. Ikkinchi boʻlimga start berildi.
45+3. Dastlabki boʻlim yakunlandi.
45. Birinchi boʻlimga 2 daqiqa qoʻshib berildi.
43. Boʻlim soʻnggida “Xorazm” anchagina faol, hujumlar soni ortmoqda.
37. Mezbonlar juda qulay vaziyatga ega boʻlgandi, biroq holat golga aylanmadi.
34. “Xorazm” darvozaboni Umidjon Ergashevga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Oʻyin boshlangach, uning holati yaxshi emasdek koʻrinayotgan edi.

30. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda endi. Soʻnggi daqiqalarda aytarli xavfli hujum koʻrmadik.
24. Futbolchilar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
23. Shodiyor Shodiboevning jarima maydonchasi ichidan yoʻllagan zarbasini xorazmliklar posboni ushlab oldi.
17. Javob goli ham koʻp kuttirmadi, endi oʻyin yanada “yonadi”.
16. GOL! Sunnatulloh Hamidjonov hisobni tenglashtirdi! Jarima zarbasidan uzatilgan toʻpni Hamidjonov boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi!
14. Maydon egalari hujumlar tashkil etishmoqda, biroq hozircha xavfli koʻrinmayapti.
8. Tezkor gol koʻrdik oʻyinda, endi buyogʻiga xorazmliklardan ham faollik kutamiz.

7. GOL! Quvonchbek Abraev hisobni ochdi! Penaltidan tepilgan toʻp darvoza ustuniga tegib, soʻng darvoza toʻridan joy oldi toʻp.
6. Penalti! “Xorazm” darvozasi tomon….
5. Toshkentliklar faol anchagina.
4. Oʻyinning ilk daqiqalari kurashlar bilan boshlandi.
1. Oʻyin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 18-turidan joy olgan "Xorazm" – "Lokomotiv" uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
Manba: championat.asia
Izohlar 0